Ingliz tilini o’rgansangiz nima yutuq yoki imkoniyatlarni qo’lga kiritishingiz mumkin bo’ladi ?

Ingliz tilini o’rgansangiz nima yutuq yoki imkoniyatlarni qo’lga kiritishingiz mumkin bo’ladi ?

Ingliz tilini o’rgansangiz nima yutuq yoki imkoniyatlarni qo’lga kiritishingiz mumkin bo’ladi ?

Agar nufuzli o’qishga kirishni reja qilayotgan bo’lsangiz o’zingiz yoqtirgan davlatda ham o’qib ham ishlashingiz mumkin. Va sizda tanlovlar soni ingliz tili bilmaydiganlarga qaraganda ko’proq bo’ladi. Chunki ular ma’lum bir cheklangan o’qishlargagina kira olishadi. Siz bo’lsa universitetlarni ro’yhatini ochib olib eng yaxshi o’qitadigan,sharoiti zo’r oliygohlarni bir-biri bilan solishtirib maksimal yoqganini tanlay olasiz.

Balki siz chet eldagi salmoqli kompaniyalardan birida ishlamoqchidirsiz, bu holatda ham ingliz tilini bilishingiz juda qo’l keladi. Aks holda nufuzli kompaniyada ishlash tugur biron-bir oddiy ishga ham qabul qilish qiyinlashadi. Bu bilan do’stlar ! chet elda ingliz tilini bilmasdan yashab bo’lmaydi demoqchi emasman. Har narsani iloji bor lekin bu sizga juda qimmatga tushishi mumkin. Oddiy ofitsiantlik kasbini oling, bunda ham siz muloqot qilishingiz kerak.Endi o’zingiz o’ylang biror ofis ishida ishlashni reja qilgan bo’lsangiz ingliz tilini bilmasdan qanday u ishga kirasiz. Har qanday odam bilan muloqot qiladigan ishda tilni bilish shart. Nafaqat oddiy ishxonada, balki ko’cha ko’yda, biror zarur yordam kerak bo’lib qolganda, do’kondan mahsulot harid qilishda, farzandlaringizni o’qishga joylayotgan paytda va boshqa boshqa holatlarda.

Kitob o’qish, har-xil kurslarga qatnashish, dunyoga o’zini kuchli ta’sirini o’tqazgan odamlarni intervyulari ular haqida ishlangan hujjatli filmlarni ko’rish bularning barchasi dunyo qarashingizni sezilarli oshirish yo’llaridir. Eng ko’p sotilgan bestseller kitoblarni internetdan ko’ring dayarli 90%i ingliz tilida. Agar bu tilni bilmasangiz qanchadan qancha hayotingizni o’zgartirishi mumkin bo’lgan ma’lumotlardan, bilimlardan bebahra qolasiz.

Yuqori daromadli kasbga ega bo’lib, dunyoni istalgan burchagidan ishlashingiz mumkin. Qanaqasiga degan savol tug’ildimi ? Agar ishingiz kompyuter bilan bog’liq bo’lsa bemalol chet el kompaniyalarida uyingizda turib ishlashingiz mumkin. Lekin u kompaniyadagilar bilan ishlarni muhokama qilish uchun tilni bilishingiz eng birinchi talab etiladi. Undan tashqari siz freelancerlik ham qilib pul topishingiz mumkin.Bunda siz ma’lum bir haq evaziga ma’lum bir ishlarni internet orqali bajarib mijozga topshirasiz. Xullas, imkoniyatlar bisyor.

Xalqaro biznes qilishni niyat qilgan bo’lsangiz chet ellik hamkorlar bilan ingliz tilida muzokara olib borishga to’g’ri keladi. Tarjimon yollab ortiqcha sarf-harajat qilgandan ko’ra bir marta o’rganib o’sha tarjimonga beradigan pullarni o’zingizda saqlab qolasiz. Va o’zingiz yuzma-yuz gaplashib fikrlaringizni o’zingiz istagandek yetkaza olasiz.